“TASHKENT BOOK FEST – 2019” TOSНKENT XALQARO KITOB KO‘RGAZMA-YARMARKASI

“TASHKENT BOOK FEST – 2019” TOSНKENT XALQARO KITOB KO‘RGAZMA-YARMARKASI

O‘zbekiston Respublikasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda joriy yilning2-4 oktabr kunlari tashkil etilayotgan “TASHKENT BOOK FEST – 2019” I Toshkent  Xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi o‘z ishini boshladi.

Ko‘rgazma-yarmarkada yurtimiz va xorijdagi turli nashriyotlar va kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar o‘z mahsulotlari bilan qatnashmoqdalar. Shuningdek, bu yerda xattotlik san’ati, milliy liboslar, milliy hunarmandchilik mahsulotlaridan ayrim namunalar ham o‘rin olgan.

Mazkur tadbir  “Uzekspomarkaz” da bo‘lib o‘tmoqda. Barcha kitob sevarlarni ushbu tadbirda qatnashishga chorlab qolamiz. Tadbir
4 oktabrga qadar davom etadi.

Share