O‘ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASIDA KATTA TANTANA

O‘ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASIDA KATTA TANTANA

Bugun, 28 sentabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Organ zalida katta tantana bo‘lib o‘tdi. Ushbu tantaning sababchilari ustozlar va murabbiylarimiz bo‘ldi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – O‘zbekiston davlat konservatoriyasining rektori Baxtiyor Sayfullaev ochib berdi.
B. Sayfullaev ustoz va murabbiylarimizni qutlab, Vatanimiz taraqqiyoti, uning ertangi kuni uchun katta hissa qo‘shayotgan ustoz-murabbiylarning mehnatini munosib taqdirlash uchun yurtimizda ulkan ishlar olib borilayotganini, zero, ertangi kunimiz bo‘lgan yosh avlod tarbiyasi yo‘lida ishlab-izlanayotgan pedagoglar ko‘rsatilayotgan hurmat-e’tiborga loyiq ekanliklarini ta’kidladi. Shogirdlar, o‘quvchilar o‘z murabbiylari kabi bo‘lishga intiladilar, ular erishgan marralarni zabt etishni xohlaydilar, ulardan o‘rnak oladilar. Shu o‘rinda 2018/2019 o‘quv yilida talabalarni xalqaro tanlovlarga muvaffaqiyatli tayyorlab, yuqori darajalarni qo‘lga kiritgan professor-o‘qituvchilar – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professorlari O. Yusupova,N. Polatxanova, M. Razzakova, D. Amanullaeva, M. Gumarov; dotsentlarM. Aminova, T. Myakushko, A. Izmailov, E. Tursunov; katta o‘qituvchiI. Arapov va o‘qituvchi O. Imamovmoddiy rag‘batlantirildilar.

Konservatoriyada an’ana tarzida davom etib kelayotgan bayram munosabati bilan bir guruh professor-o‘qituvchi va xodimlar –
N. Polatxanova, M. Aminova, T. Myakushko, D. Haydaralieva, O. Imamov,
A. Izmaylov, G. Mo‘minova, I. Arabov, M. Ahmedov, B. Ashurov,
E. Mamadjanova, T. Belousova, V. Igamberdieva, shuningdek, ko‘p yillik samarali mehnati va tavalludining 60 yilligi munosabati bilan “Estrada xonandaligi” kafedrasining professori D. Amanullaeva faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

“Taraqqiyot” Respublika tanlovi g‘oliblari va final bosqichi ishtirokchilarini tantanali taqdirlash marosimini yuqori saviyada o‘tkazishda faol ishtirok etganligi uchun Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i F. Qurbonova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi R. Qosimovning tashakkurnomasi bilan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Oliy ta’lim muassasasida ta’lim sifatini oshirishdagi faol ishtiroki uchun Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i A. Norbekov Davlat inspeksiyasi boshlig‘i U. Tashkenbaevning tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.

Tadbir nihoyatda chiroyli va o‘ziga xos samimiylik ruhida o‘tdi.Qatnashchilarga haqiqiy bayramona shukuh ulashishda boshlovchilar – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti magistranti Ulug‘bek Musinov va O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabasi Laylo Muinovalar  o‘z hissalarini qo‘shdilar.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rahbariyati barcha pedagog-ustozlarni yana bir bor bayram bilan qutlab, ularga ijodda va mehnat faoliyatida yangi marralarga yetishishda muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Share

Tavsiya etilgan