MALAKA OSHIRISH MARKAZI TINGLOVCHILARINING HISOBOT KONSERTI

MALAKA OSHIRISH MARKAZI TINGLOVCHILARINING HISOBOT KONSERTI

Joriy yilning 26 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Markazi “Torli cholg‘ular ijrochisi”, “Puflama va zarbli cholg‘ular ijrochisi” va “Estrada cholg‘ulari ijrochisi” kasbi yo‘nalishi bo‘yicha tinglovchilarning hisobot konserti bo‘lib o‘tdi.

1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan ushbu tadbirda Markaz tinglovchilari o‘zbek hamda chet el kompozitorlariijodiga mansub asarlarni ijro etdilar.

Tadbirda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori A. Mansurov, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Markazi direktori D. Saipova, O‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Z.Kadirova, uslubchi G.Kuldasheva, OChES fakulteti dekani F. Abdullaev, shuningdek, konservatoriyaning professor-o‘qituvchi va xodimlari ishtirok etdilar.

Konsert ko‘tarinki ruhda o‘tib, qatnashchi va ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.

Share