MADANIYAT VAZIRINING SURXONDARYO VILOYATIGA TASHRIFI

MADANIYAT VAZIRINING SURXONDARYO VILOYATIGA TASHRIFI

Joriy yilning 24 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullaev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

Termiz shahridagi “Tadbirkorlar markazi” binosidagi viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

  1. Sayfullaev viloyatda yagona bo‘lgan muzeyning tashqi ekspozitsion loyihasi bilan tanishib, ushbu muzeyni muzeyshunoslik talablariga moslashtirish,mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqib, amalga oshirish bo‘yicha vazifa va ko‘rsatmalar berdi.
Share