MADANIYAT VAZIRINING SURXONDARYO VILOYATIGA TASHRIFI DAVOM ETMOQDA

MADANIYAT  VAZIRINING SURXONDARYO VILOYATIGA TASHRIFI DAVOM ETMOQDA

2019 yilning 24 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazir Baxtiyor Sayfullaev Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Termiz hayvonot bog‘ida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Termiz hayvonot bog‘ining ma’muriy va xo‘jalik binolarini rekonstruksiya qilish, shuningdek, hududni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish, hayvonlarga zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratish loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, mavjud xato va kamchiliklarni qisqa fursatlarda bartaraf etish bo‘yicha vazifa va ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

Share