BUGUN “INVESTITSIYA KUNI”

BUGUN “INVESTITSIYA KUNI”

2019 yil 26 sentabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida konservatoriya magistr va doktorantlari ishtirokida “Investitsiya kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i B.Ashurov,  Magistratura bo‘limi boshlig‘i, san’atshunoslik bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Mohina Abrorovalar qatnashdilar.

Tadbir ishtirokchilarining diqqat markazida O‘zDK “Xor dirijorligi” kafedrasi o‘qituvchisi U.Shokarimovning “Vatanjonim –   Vatanim”, “Vatan madhi” nomli notalar to‘plami bo‘ldi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “Xor dirijorligi” kafedrasi o‘qituvchisi O‘ktamjon Shokarimovning innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda maktabgacha ta’lim muassasalari uchun “Vatanjonim – Vatanim”, nomli notalar to‘plamini yaratishga muvaffaq bo‘lgan.O‘. Shokarimov tadbir qatnashchilariga xorijdan kirib kelgan g‘oyani musiqaga moslashtirilgan jarayonlari haqida ma’lumot berdi.

To‘plamga notalarning elektron-audio ilova holida berilganligi nafaqat musiqa rahbari uchun, balki, ota-onalar uchun ham juda qulay va albatta foydali bo‘lib, unda Erkatoy+Elektron ilova dasturi orqali  foydalanish uchun qo‘llanma ham berilgan.

Ushbu to‘plamlardan o‘rin olgan qo‘shiqlarni bevosita android tizimida ishlovchi telefonlarga yuklash, tinglash, yodlash bolalarga qulaylik tug‘diradi. Qo‘shiqlar XX asr kompozitorlariningijod mahsuli bo‘lib, nota matni Sibelius dasturida yozilgan. Har bir qo‘shiqni maxsus kodni tergan holda tinglash imkoni mavjud. Barcha qo‘shiqlar “Erkatoy” jurnalida nashr etilgan.
M.Abrorova shaxsan o‘zi va yig‘ilganlar nomidan O‘. Shokarimovni ushbu innovatsion g‘oyani amalga oshirgani bilan samimiy tabriklab, bugungi kunda yangicha innovatsion kitob va darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarni yaratish davr talabiga aylanganligini, QR dasturiga konservatoriya talabalariga mo‘ljallangan mavzulardagi musiqiy asarlarni o‘tkazish yaxshi samara berishini ta’kidladi. Kelgusida magistrlarimizningo‘zlari tanlagan mutaxassisliklari bo‘yicha investitsiya g‘oyalarini hayotga tadbiq etishlariga tilak bildirdi.

Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘la javoblar oldilar. Konservatoriya o‘qituvchisi O‘.Shokarimov amalga oshirgan innovatsion texnologiyalarni yanada ko‘paytirishxorijlik investorlarni jalb etilishiga umid qilamiz.

Tadbir yakunida yanada ko‘proq ilovalarni ishlab chiqib, ularni “Play Market”ga joylash hamda har bir fakultetning o‘z bo‘limi bo‘lishi rejalashtirildi.

Konservatoriya o‘qituvchisi U.Shokarimov amalga oshirgan innovatsion texnologiyalar qo‘llab yaratilingan dastur xorijlik investorlarni jalb qilishiga umid qilamiz.

 

Share

Tavsiya etilgan