2019/2020 O‘QUV YILI UCHUN DAVLAT STIPENDIYALARI G‘OLIBLARI MA’LUM BO‘LDI

2019/2020 O‘QUV YILI UCHUN DAVLAT STIPENDIYALARI G‘OLIBLARI MA’LUM BO‘LDI

O‘zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash bo‘yicha tanlov komissiyasining 2019 yil 18 sentabrdagi bayonnomasiga asosan iqtidorli talabalarga 2019/2020 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyalari tayinlandi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “O‘zbek musiqa ijrochiligi” fakultetining “An’anaviy cholg‘u” yo‘nalishi 4-kurs talabasi Tosheva Marjana Rustam qizi Islom Karimov Davlat stipendiyasiga, “Akademik ijrochilik” fakultetining “Xalq cholg‘ulari” yo‘nalishi 3-kurs talabasi Isroilova Sarvinoz Nodirbek qizi Navoiy Davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lganliklari bilan tabriklaymiz!

Yosh iqtidor egalarining imkoniyatlari to‘la ro‘yobga chiqishiga tilakdoshmiz!

Share