XOTIN-QIZLAR UCHUN TENG HUQUQ VA KAFOLATLAR

XOTIN-QIZLAR UCHUN TENG HUQUQ VA KAFOLATLAR

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida joriy yilning 19 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi hamda “Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlari targ‘iboti bo‘yicha muloqot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda  Shayxonthur tumani hokimi o‘rinbosari Ziyodaxon Tohirova, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Feruza Qurbonova, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Sayyora Hamdamova, Shayxontohur XDP tuman Kengashi raisi Iroda Abdullaeva, Shayxontohur tumani “Olima ayollar” uyushmasi raisi,mikrobiologiya fanlari doktori, professor Zahro Ahmedova, “Yahyo Qori” jome masjidi imom xatibi Umartaev Dilshodbeklar ishtirok etishdi.

Muloqot davomida qonunning maqsadi xotin-qizlarni turmushda, ish va ta’lim olish jarayonlarida turli tazyiq va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, ularni oldini olish kabi munosabatlarni tartibga solishdan iborat ekanligi aytib o‘tildi. Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida xotin-qizlarning jamiyatning turli sohalaridagi o‘rni ortib borayotganligi qayd etilib, qabul qilingan ushbu yangi qonun gender tenglikni ta’minlashga xizmat qilishi, ya’ni xotin-qizlar va erkaklarga davlat tomonidan teng huquq va imkoniyatlar kafolatlanishi xususida ishtirokchilarga ma’lumot berildi. Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar oldilar.

Share