PROFESSOR DJO GYU YUNNING O‘ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASIGA TASHRIFI

PROFESSOR DJO GYU YUNNING O‘ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASIGA TASHRIFI

2019 yil 20 sentabr kuni O‘zbekiston davlat konservatorisiga International Mind Education instituti, ta’lim bo‘yicha komissiya a’zosi, IMEI instituti professori va ta’lim muammolari bo‘yicha xalqaro ekspert Cho Gue Yeun tashrif buyurdi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston davlat konservatoriyasida trening tashkil etildi.

Treningdan ko‘zlangan maqsad MIND-ta’limni joriy qilish hamda xorijiy ekspertlar bilan birgalikda MIND-trening tashkil etish bo‘lib, unda professor Cho Gue Yeun, Park Sungsu, Oh Sang Kyoon, Kim Sun Goo, Jung Eunchul, Viktor Li, shuningdek, O‘zDKning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor S. Gafurova, Xalkaro munosabatlar bo‘limi boshlig‘i E. Mamadjanova, O‘zDKning professor-o‘kituvchi va talabalari qatnashishdi.

Uchrashuvning maqsadi bo‘lgan IMEI instituti va O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik masalalari ham muhokama qilinib, tashrif so‘ngida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rahbariyati Koreya Respublikasiga shaxsan taklif etildi.

Share