GIYOHVANDLIK VA NARKOJINOYATCHILIKNI OLDINI OLISHGA QARATILGAN PROFILAKTIK TADBIR

GIYOHVANDLIK VA NARKOJINOYATCHILIKNI OLDINI OLISHGA QARATILGAN PROFILAKTIK TADBIR

Joriy yilning 16 sentabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida giyohvandlik va narkojinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalani nazorat qilish Milliy markazining Narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Sh. G‘ulomov ishtirok etdi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Feruza Qurbonova Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazining funksiyalari to‘g‘risida talabalarga to‘liq ma’lumot berib o‘tdi.

Markaz mutaxassisi Sh. G‘ulomov 2018 yilning 22 oktabridagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunchilik aktlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish” to‘g‘risidagiO‘RQ-503-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, olib chiqish va tranzit qilinish tartibini hamda ularning muomalasini takomillashtirish to‘g‘risidagi” Vazirlar Mahkamasining 2015 yildagi 330-sonli Qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2018 yilning
27 oktabrdagi 878-sonli Qarori xususida to‘xtaldi. Jumladan, ta’qiqlangan giyohvandlik vositalari, muomalasi chegaralangan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar xususida ma’lumot berildi. Shuningdek, “Qora dori – 2018” tadbiri hamda Respublikamizning ta’lim muassasalarida o‘quvchi va talabalar tomonidan sodir etilgan narkojinoyatlar haqida ham so‘z borib,
talabalarga videolik namoyish etildi.

Shundan so‘ng O‘zDK psixologi I. Ro‘ziev so‘z olib, u giyohvandlikning inson tafakkuri va salomatligiga zarari haqida keng ko‘lamlitushuntirish berdi. Uchrashuvda, shuningdek, O‘zDK Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchilaridan R. Sodiqov va A. Islomov, OChES fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari B. Zokirovlar ishtirok etdilar.

Talabalarning mavzu yuzasidan bergan savollariga ma’ruzachilar tomonidan atroflicha javob berildi.

Share