QAYTA ATTESTATSIYADAN O‘TKAZISH JARAYONLARI DAVOM ETMOQDA

QAYTA ATTESTATSIYADAN O‘TKAZISH JARAYONLARI DAVOM ETMOQDA

O‘zbekiston  Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi 515-son qarori ijrosi bo‘yicha Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan joriy yilning 16-18 sentabr kunlari O‘zbekiston davlat konservatoriyasida attestatsiyadan o‘tmagan ta’lim yo‘nalishlarini qayta attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlari davom etmoqda.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi xususiyatidan kelib chiqib talabalarning bilimini aniqlash uchun ijodiy imtihonlar o‘tkazish bo‘yicha quyidagi komissiya tarkibi ish olib bormoqda: N. Sultonov – A.Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri yakkaxon xonandasi, O‘zbekiston xalq artisti; Q. Mirzaev – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori; S. Malikova – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti; O‘. Toshmatov – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti kafedra mudiri, professor; A. Umarov – R. Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi professori;A. Dadaev – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti; D. Sabitova – “Turkiston kamer orkestri” jo‘rnavozi; A. Raimdjanov – “O‘zbekiston solistlari kamer orkestri” dirijori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist; S. Turatov – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti.

Share