RASMIY TASHRIF

RASMIY TASHRIF

O‘zbekiston  Respublikasida ta’lim va madaniyat sohasida o‘tkazilayotgan islohotlar doirasida 2019 yil 15 sentabr kuni Belarus Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Karchevskaya Natalya Vladimirovna O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga rasmiy tashrif buyurdi.

Belarus Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari N. V. Karchevskayani O‘zbekiston davlat konservatoriyasining O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori A. Mansurov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori S.Gafurova, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i E. Mamadjanova va “Musiqa”jurnaliningBosh muharririo‘rinbosari Sh. Ganixanovalar kutib olishdi.

Muzokaralar chog‘ida ilmiy va ijodiy sohadagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mehmon konservatoriyaning o‘quv va ijodiy ishlari bilan ham tanishib, uning salobatliligi, chiroyli, keng konsert zallariga maftun bo‘ldi.

Bunday uchrashuvlar madaniy aloqalarni kengaytirib, xalqaro munosabatlarni mustahkamlashga va o‘quv jarayonini takomillashtirishga yordam beradi.

Share