TO‘LOV-KONTRAKT ASOSIDA O‘QITISH QIYMATI TO‘G‘RISIDA TUSHUNTIRISH ISHLARI TASHKIL ETILDI

TO‘LOV-KONTRAKT ASOSIDA O‘QITISH QIYMATI TO‘G‘RISIDA TUSHUNTIRISH ISHLARI TASHKIL ETILDI

Joriy yilning 13 sentabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar ishtirokida talabalar uchun 2019/2020 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarida o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatlari to‘g‘risidagi  tushuntirish ishlari tashkil etildi.

Talabalarga to‘lovlarni amalga oshirishda qulaylik yaratish maqsadida 2019/200 o‘quv yilidan boshlab, to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari ikki xil ko‘rinishda – “stipendiyali” va “stipendiyasiz” etib belgilanganligi, stipendiyasiz qiymat miqdori, har bir talabaga to‘lanishi belgilanayotgan 400 000 so‘m, bir yilda jami  4 800 000 so‘mni chegirib tashlash hisobiga shakllantirilishi ma’lum qilindi.Misol uchun, bakalavriatning San’at yo‘nalishi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talabalar 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab quyidagi tartibda to‘lovlarni amalga oshirish mumkin:

Stipendiya bilan – 12 062 720 so‘m (Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan 19 barobarida – 634 880 x 19 = 12 062 720 so‘m);

Stipendiyasiz – 7 262 720 so‘m (12 062 720 so‘m – 4 800 000 so‘m = 7 262 720 so‘m).

Bundan tashqari, aholiga to‘lovlarni amalga oshirishda yengillik yaratish maqsadida kontrakt summalarini oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoniyati berilganligi hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari to‘lov muddatlarini uzaytirish vakolatiga ega bo‘lganliklari haqida fakultet dekanlari tomonidan tushuntirildi.

Stipendiya miqdorining optimallashuvi va stipendiyasiz shartnoma to‘lov tizimining joriy etilishi bilan bilimli va iqtidorli, faol talabalarni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, xususan, shunday talabalarga stipendiyaning 50 foizi miqdoridagi moddiy rag‘bat berish tizimi, shuningdek, innovatsiya fondlari joriy etilgan bo‘lib, bu fond mablag‘lari ilmiy salohiyati yuqori bo‘lgan talabalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilishi haqida ham ma’lumot berildi.

Xulosa o‘rnida stipendiya uchun o‘qish emas, bilim uchun o‘qish lozimligi yoshlarga tushuntirildi. Shuningdek, talabalar va ularning ota-onalari tomonidan qo‘llaniladigan imtiyoz va yengilliklar qo‘llash tartibiga taalluqli, shuningdek ta’lim krediti va boshqa savollarga quyidagi telefonlar orqali javob olishlari mumkinligi ma’lum qilindi:

71-244-85-85 – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Marketing bo‘limi.

71-246-01-76, 71-246-10-63 – O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.

Share