XORIJDAGI VATANDOSHLAR BILAN HAMKORLIK

XORIJDAGI VATANDOSHLAR BILAN HAMKORLIK

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 oktabrdagi “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3982-sonli qarori ijrosi bo‘yicha Chexiyaning Praga shahrida Chexiyadagi “O‘zbegim” madaniy turizm markazi va O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari bilan hamkorlikda Mustaqilligimizning 28 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi “Sug‘diyona” milliy cholg‘ular kamer orkestri ham o‘z ijro dasturi bilan ishtirok etib, o‘zbek milliy kuy-qo‘shiqlarini ijro etishdi.

Bundan tashqari “Sug‘diyona” milliy cholg‘ular kamer orkestri o‘z ijro dasturlari bilan Germaniyada bo‘lib o‘tgan “Braunschweig Film Festival” Braunshveyg Xalqaro festivalida ham qatnashdi.

“Sug‘diyona”ning dasturlari xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz tomonidan iliq kutib olindi.

Share