YAXSHI DAM-MEHNATGA HAMDAM

YAXSHI DAM-MEHNATGA HAMDAM

2019 yil 8 sentabr kuni Samarqand viloyat musiqali drama teatriga Samarqand viloyatiga biriktirilgan Ishchi guruhi vakillari bilan birga maktab o‘qituvchilari o‘z yaqinlari, farzandlari va nabiralari bilan tashrif buyurdilar. Teatr rahbariyati mehmonlarni samimiy kutib oldi. Sahnada «Zaharli tomchilar» spektakli namoyish etildi. Tomoshani O‘zbekiston davlat konservatoriyasining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori A. Mansurov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shuningdek, A.Mansurov va Toshkent davlat Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi rektori Sh. To‘xtasimovlar televideniya uchun intervyu berdilar. Pedagog hodimlarning dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbir pedagoglar va ularning oila a’zolarida iliq taassurot qoldirdi. Samarqand viloyatiga biriktirilgan ishchi guruhi o‘z ishini davom ettirmoqda.

 

Share