STIPENDIYA TANLOVI

STIPENDIYA TANLOVI

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi respublika oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar uchun grant dasturini e’lon qildi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida ham ushbu dastur bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Jamg‘arma mutaxassisi konservatoriya talabalariga ushbu grant dasturi bo‘yicha tushunchalar berdi. Dastur me’zonlari quyidagicha:

Nomzodni saralash me’zonlari:

  • ilmiy faoliyat;
  • ilmiy-tadqiqot ishlari;
  • umumiy ta’lim;
  • tahliliy ko‘nikmalar;
  • tashkiliy ko‘nikmalar;
  • rivojlanish maqsadi;
  • ijtimoiy faoliyat;
  • tanlangan mutaxassislikning ahamiyati va afzalliklari, uning mamlakatda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishdagi o‘rnini anglashi.

Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:

  • birinchi bosqichda talabalar grant dasturiga saralashda ishtirok etish uchun 2019 yil 15 sentabrgacha jamg‘arma saytida ariza topshirish;
  • birinchi bosqichdan o‘tgan nomzodlar tanlovning ikkinchi bosqichida
    2019 yil 24 sentabrda Madaniyat vazirligi binosida bo‘lib o‘tadigan yuzma-yuz suhbat.

Topshiriladigan hujjatlar ro‘yxati:

  • oxirgi ikki yillik o‘quv natijalarining o‘rtacha bali;

Topshiriladigan hujjatlar ro‘yxati:

  • oxirgi ikki yillik o‘quv natijalarining o‘rtacha bali
  • tanlovda ishtirok etish uchun jamg‘arma tomonidan tasdiqlangan namunadagi ariza
  • rezyume
  • motivatsion xat
  • pasport nusxasi

Qo‘shimcha hujjatlar:

  • o‘qituvchi va ish beruvchi tomonidan berilgan tavsiyanoma
  • ilmiy ishlar nusxasi
  • chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikatlar

Hujjatlarni qabul qilish jamg‘armaning www.acdf.uzsaytida  (Yangiliklar ta’lim bo‘limi) 15 sentabrgacha davom etadi.

Qo‘shimcha savollar bilan +998977066037, +998712074010 raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi  www.acdf.uz Toshkent, Taras Shevchenko ko‘chasi 1. Tel.: +998712074010.

Share