MAKTAB TA’LIMINI RIVOJLANTIRISH UMUMXALQ HARAKATIGA AYLANDI

MAKTAB TA’LIMINI RIVOJLANTIRISH UMUMXALQ HARAKATIGA AYLANDI

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019 yilning 23 avgust kuni xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida maktab ta’limini rivojlantirish buyuk  umummilliy maqsadga, umumxalq  harakatiga aylanishi zarurligi, ustozlarga yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatish jamiyatimizda oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilishi zarur ekanligi belgilab berilgan edi.

Qayd etib o‘tilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Islohotlar samaradorligini ta’minlash, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ta’lim sifati nazoratini kuchaytirish hamda tarbiya sohasida zamonaviy uslublarni qo‘llash ishlarini tashkillashtirish maqsadida joriy yilning
5 avgust kuni hududlarga biriktirilgan Ishchi guruhi a’zolari dastlab Samarqand shahriga tashrif buyurishdi.

Samarqand shahar hokimiyatida o‘qituvchi-pedagoglar bilan ochiq suhbatlar o‘tkazildi. Shu kuni maktablarni tegishli hudud va sektor rahbarlari hamda mahalliy oliy ta’lim muassasalariga biriktirish hamda “oila – mahalla – maktab – oliy o‘quv yurti” hamkorlik modelini hayotga tadbiq etish ishlarini tashkil etish maqsadida Samarqand shahridagi 9, 21, 54-sonli maktablarga Ishchi guruh tashrif buyurdi va ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Joriy yilning sentabr oyi davomida hududlarga biriktirilgan Ishchi guruhlari a’zolarining uchrashuvlari davom etadi.

Share