TALABALIKKA BAG‘ISHLOV

TALABALIKKA BAG‘ISHLOV

Bugun, 4 sentabr 2019 yil O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Katta zalida “Talabalikka bag‘ishlov”, “Mustaqillik darsi” nomli tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – O‘zbekiston davlat konservatoriyasining rektori B. Sayfullyaev ochib berib, eng ulug‘, eng aziz bayramimiz – O‘zbekiston mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi bayrami bilan barcha yig‘ilganlarni muborakbod etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni rivojlantirish bo‘yicha olib borayotgan islohotlari xususida to‘xtalib, shu o‘rinda konservatoriya, uning an’analari va barcha sohada bo‘lgani kabi madaniyat sohasida ham yangicha ijodiy yondashuvlar joriy etilayotganihaqida so‘zladi. Shahrisabz shahrida Xalqaro maqom san’ati anjumani, Termiz shahrida Xalqaro baxshichilik san’ati festivali, kuni kecha Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali katta muvaffaqiyat bilan o‘tkazilgani ta’kidlab o‘tildi.

So’zini so’ngida B.Sayfullayev barchani yangi ijodiy marralar sari chorlab, yangi o‘quv yilida talabalarga  muvaffaqiyatlar tiladi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sadolari yangradi.

Sahnaga tarix fanlari doktori, professor A. A. Mavrulov taklif etildi. Mavrulov o‘z ma’ruzasida o‘zbek xalqining tarixi, sobiq mustabid tuzum davrida haq-huquqiga ega bo‘lmagan, qaram mamlakat bo‘lgan O‘zbekiston 28 yil mobaynida o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlab, rivojlanib borayotgan hamda jahon hamjamiyatida tobora mustahkam o‘rin egallayotgan mamlakat ekanligini ta’kidladi.

O‘zgarayotgan O‘zbekiston, vatanparvarlik, milliy gurur, san’atkorning buyuk bo‘lishi, ushbu dargohda faoliyat olib borayotgan buyuk insonlar maqomiga yetishish uchun talabalardan katta mas’uliyat va jiddiy mehnat talab etilishi haqida ta’kidlab, respublikamizning madaniyat sohasini yuksaltirishda ularga omad tiladi.

Shundan so‘ng “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligi va O‘zbekiston davlat konservatoriyasida 2019/2020-o‘quv yili ochilish marosimiga bag‘ishlangan badiiy-adabiy konsert dasturi boshlandi.

Unda “Nihol” mukofoti sovrindorlari, Xalqaro tanlovlar g‘oliblari ishtirok etishdi. Konservatoriyaning professor-o‘qituvchilari, ustoz san’atkorlarning ushbu tadbirdagi ishtiroki unga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Share