XALQARO KONFERENSIYA O‘Z ISHINI YAKUNLADI

XALQARO KONFERENSIYA O‘Z ISHINI YAKUNLADI

Joriy yilning 27-28 avgust kunlari XII “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali doirasida o‘tkazilgan “Sharq xalqlari an’anaviy musiqa san’atini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yakunida xorijiy va o‘zbekistonlik olimlar tomonidan deklaratsiya qabul qilindi. Unda Sharq musiqa san’atining tarixiy va zamonaviy ijro masalalari, manbashunoslik muammolari, musiqa san’atining nazariy ahamiyatini yoshlar orasida keng targ‘ib etishga qaratish kabi jihatlar qayd etildi.

Bu galgi konferensiyada Sharq musiqasining shakllanishi va rivojlanishi bilan bog‘liq dolzarb muammolar, “ustoz-shogird” an’analari, qadimiy musiqa san’atini avaylab asrash masalalari muhokama etildi.

Xalqaro konferensiya yakunida olimlar tomonidan eng yangi, saralangan musiqa san’atiga oid adabiyotlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Share