OLIY TA’LIM MUASSASALARI RAHBAR VA PEDAGOG KADRLARI UCHUN UZLUKSIZ MALAKA OSHIRISH TIZIMI JORIY ETILDI

OLIY TA’LIM MUASSASALARI RAHBAR VA PEDAGOG KADRLARI UCHUN UZLUKSIZ MALAKA OSHIRISH TIZIMI JORIY ETILDI

2019 yil 27 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risida” gi PF-5789-sonli farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, o‘z tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan boshqa vazirlik va idoralarning 2019 yil 1 sentabrdan rahbar va pedagog kadrlarning uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi.

Yangi tizimgako‘ra, rahbar va pedagog kadrlarning uzluksiz malaka oshirishi:

Mutaxassislik bo‘yicha mustaqil malaka oshirish;

muqobil malaka oshirish;

ta’lim dasturlari asosida ixtisoslashtirilgan qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalarida bevosita o‘qish shakllarini o‘z ichiga oladi.

Farmonga muvofiq, 2019 yil 1 sentabrdan boshlab:

Rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida ishdan ajragan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) o‘qish umumiy davomiyligi 144 soat etib belgilandi;

Rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarida professor-o‘qituvchilarning sonidan kelib chiqib belgilanadigan, kamida 3 ta shtat birligidan iborat ta’lim texnologiyalari kafedralari tashkil etiladi;

samarali dars berayotgan professor-o‘qituvchilar, tajribali amaliyotchi mutaxassislarga bazaviy lavozim maoshining 30 foizigacha oylik ustamalar belgilash, soatbay ish haqi to‘lash shartlari bilan jalb etilgan malakali professor-o‘qituvchilarga soatbay haq to‘lash miqdorining 20 foizigacha ko‘p aytirilgan holda moddiy rag‘batlantirish huquqi berildi;

pensiya yoshidagi, uch yoshga to‘lmagan farzandi bor ayollar hamda nogironligi bo‘lgan rahbar va pedagog kadrlar uchun qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qishi masofaviy shaklda tashkil etiladi;

oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy va tarmoq markazlari tuzilmasiga xalqaro hamkorlik bo‘yicha mutaxassis lavozimini kiritildi.

Share