QUTLOV!

QUTLOV!

28 avgust 2019 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Mukofotlanganlar orasida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi an’anaviy ijrochilik kafedrasi professori Yo‘lchieva Munojatxon Abduvalievna, an’anaviy xonandalik kafedrasi dotsenti Suyunova Zamira Rajabovna, an’anaviy xonandalik kafedrasi o‘qituvchisi Shamurotova Mohichehra Abdinabievnalar ham bor.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rahbariyati va jamoasi ularni ushbu yuksak mukofot bilan chin dildan muborokbod etadi hamda ularning kelgusi ijodlariga muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

 

Share