KONFERENSIYA O‘Z ISHINI DAVOM ETTIRMOQDA

KONFERENSIYA O‘Z  ISHINI DAVOM ETTIRMOQDA

Samarqand shahrining “Registon plaza” mehmonxonasi konferens zalida “Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivali doirasida “Sharq xalqlari an’anaviy musiqa san’atini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro konferensiya  o‘z ishini davom ettirmoqda.

Bugun, 28 avgust kuni konferensiya doirasida xorijlik konferensiya ishtirokchilaridan – Irina Aliyeva (Ozarbayjon), Muhammadreza Reza Sharayeli (Eron), Asliddin Nizamov (Tojikiston), Roza Amanova (Qirg‘iziston) va Feodor Zanetlar (Moldova) O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Ilmiy ishlar va innovatsiya bo‘yicha prorektori Sayyora Gafurovaga musiqaga oid kitoblar taqdim etishdi.

Bu kabi tadbirlar yurtimizda musiqa san’atiga bo‘lgan qiziqish va ushbu soha rivojiga qaratilayotgan e’tiborning qanchalik kattaligini anglatish bilan birga, milliy musiqamizning dunyo bo‘ylab shuhrat qozonishiga ham xizmat qiladi.

Share