MALAKA OSHIRISH MARKAZI “XALQ CHOLG‘ULARI IJROCHISI” KASB YO‘NALISHI TINGLOVCHILARINING HISOBOT KONSERTI

MALAKA OSHIRISH MARKAZI “XALQ CHOLG‘ULARI IJROCHISI” KASB YO‘NALISHI TINGLOVCHILARINING HISOBOT KONSERTI

Joriy yilning 26 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Markazi “Xalq cholg‘ulari ijrochisi” kasb yo‘nalishi bo‘yicha tinglovchilarining hisobot konserti bo‘lib o‘tdi.

“Xalq cholg‘ulari ijrochisi” kasb yo‘nalishi tinglovchilari o‘zbek hamda chet el kompozitorlari, xalq va bastakorlar ijodiga mansub asarlarni ijro etdilar. Tadbirda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining birinchi prorektori A. Mansurov, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Markazi direktori D. Saipova, O‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Z.Kadirova, uslubchi G.Kuldasheva, dotsent M.Akmaljonova, kotiba ish yurituvchi M.Sobitovalar ishtirok etdilar.

Konsert ko‘tarinki ruhda o‘tib, qatnashchi va ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.

Share