MALAKA OSHIRISH MARKAZI TINGLOVCHILARINING HISOBOT KONSERTI

MALAKA OSHIRISH MARKAZI TINGLOVCHILARINING HISOBOT KONSERTI

24 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Markazi “Fortepiano ijrochisi” kasb yo‘nalishi bo‘yicha tinglovchilarining hisobot konserti bo‘lib o‘tdi.

“Fortepiano ijrochisi” kasb yo‘nalishi tinglovchilari o‘zbek va rus zamonaviy kompozitorlari ijodiga mansub asarlarni ijro etdilar.

Tadbirda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Markazi direktori D. Saipova, O‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Z.Kadirova, uslubchi G.Kuldasheva, professor A.Sharipova, dotsentlar M.Kazakbaeva va M.Akmaljonovalar ishtirok etdilar.

Share