UMUMXALQ XAYRIYA HASHARI DAVOM ETMOQDA

UMUMXALQ XAYRIYA HASHARI DAVOM ETMOQDA

 Hashar qadimdan o‘zbek xalqining turmushida alohida o‘ringa ega bo‘lib kelgan. Bunda ko‘pchilik bo‘lib obodonlashtirish va xo‘jalik ishlari bajariladi, atrof-muhit beg‘araz tartibga keltiriladi. Azaldan muhim ishlarning ko‘pchiligi jamoa bo‘lib hashar tashkil etish orqali amalga oshirilgan. Hashar xayrixohlik, o‘zaro mehr-oqibat kabi tushunchalarni o‘zida aks ettiradi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining rahbariyati boshchiligida o‘tkazilayotgan umumxalq hashari tushlikdan so‘ng ham davom etdi.

Hashar davomida konservatoriyaning tashqi hududidagi yo‘laklar,
ariq-zovurlar tozalanib, gullar va daraxtlar sug‘orildi. Binoning ichki qismida ham nihoyasiga yetkazilmagan ishlar tartibga keltirildi.

Obodonlashtirish maqsadida o‘tkazilayotgan umumxalq hashari insonlar, ayniqsa, yoshlar qalbida o‘zaro mehr-oqibat, Vatanga muhabbat tuyg‘ularini mustahkamlashda xayri tadbir vazifasini o‘taydi.

Share