SIRTQI TA’LIM SHAKLI UCHUN O‘QISHGA KIRISH SUHBATLARI DAVOM ETMOQDA

SIRTQI TA’LIM SHAKLI UCHUN O‘QISHGA KIRISH SUHBATLARI DAVOM ETMOQDA

15 avgust kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida reja asosida 2019/2020 o‘quv yilidasirtqi ta’lim shakli uchun 41 nafar “Musiqashunoslik”, 48 nafar “An’anaviy cholg‘ular”va 24nafar “Xor dirijorligi”ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qish istagini bildirgan abiturientlar bilan suhbatlar bo‘lib o‘tmoqda.

Kecha 38 nafar “An’anaviy xonanadalik” va 94 nafar “Fortepiano” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha abiturientlar bilan suhbatlar bo‘lib o‘tgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, professor B.Sayfullaev bugun ham sirtqi bo‘limlarda o‘qish uchun o‘tkazilayotgan suhbat jarayonining borishini kuzatdi hamda abiturientlar bilan fikr almashdi.

Mas’ul xodimlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

16 avgust kuni “Akademik xonandalik”, “Puflama va zarbli cholg‘ular” va “Torli cholg‘ular” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sirtqi bo‘limga kirish suhbatlari davom etadi.

 

 

Share