ILMIY STAJIROVKANING SO‘NGGI KUNLARI

ILMIY STAJIROVKANING SO‘NGGI KUNLARI

Avval xabar berganimizdek, 2019 yil 18 iyuldan 15 avgustga qadar O‘zbekiston davlat konservatoriyasining yosh olimlari “Musiqa va tanqid tarixi”kafedrasi dotsenti Ganixanova Shoyista Sharafutdinovna va Atamullaeva Feruza Rahmatullaevna Belarus davlat pedagogika universitetining Malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti negizida “Innovatsiya ilmiy tadqiqotlari: nazariya, metodologiya, amaliyot”dasturi bo‘yicha qisqa muddatli ilmiy stajirovkani o‘tashdi.

Kuni kecha malaka oshirgan yosh olimlarga stajirovka guvohnomalari topshirildi.

Ular o‘z sohalari bo‘yicha yaratilgan yangilik va innovatsiyalar bilan tanishib, kelgusida talabalarga bilim berishda ularni qo‘llashlariga ishonchimiz komil.

Bu kabi malaka oshirish kurslari mutaxassislarimiz ilmiy salohiyatini oshirib, ularni yangi marralar sari undaydi.

Share