2019/2020 O‘QUV YILI UCHUN O‘ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASIDA BAKALAVRIATNING SIRTQI TA’LIM SHAKLI BO‘YICHA SUHBATLAR BO‘LIB O‘TISHI REJALASHTIRILGAN

2019/2020 O‘QUV YILI UCHUN O‘ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASIDA BAKALAVRIATNING SIRTQI TA’LIM SHAKLI BO‘YICHA SUHBATLAR BO‘LIB O‘TISHI REJALASHTIRILGAN

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida 2019/2020 o‘quv yilida sirtqi ta’lim shakli uchun suhbat kunlari 2019 yil 13-16 avgust kunlari etib belgilangan.

Suhbatlar“Xalq cholg‘ulari”, “An’anaviy xonandalik”, “Fortepiano (organ)”, “Musiqashunoslik”, “An’anaviy cholg‘ular, “Xor dirijorligi”, “Akademik xonandalik”, “Puflama va zarbli cholg‘ular”, “Torli cholg‘ular” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

Izoh tariqasida shuni aytib o‘tish joizki, “Estrada xonandaligi” va “Estrada cholg‘ulari” ta’lim yo‘nalishlariga keyingi o‘quv yillaridan boshlab sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha qabul tashkil etilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2019 yil 23 iyuldagi 3-sonli bayoniga muvofiq, bugungi kunda O‘zbekiston davlat konservatoriyasida 2019/2020 o‘quv yilida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagini bildirgan abiturientlarning ro‘yxatlari hududiy madaniyat boshqarmalarining tavsiyanomasiga asosan shakllantirilgan.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida 2019/2020 o‘quv yilida sirtqi ta’lim shakli uchun bo‘lib o‘tadigan suhbatlar jadvali:

Jadval

Share