MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARIGA KIRISH IMTIHONLARI BOSHLANDI

MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARIGA KIRISH IMTIHONLARI BOSHLANDI

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida 2019 yil 9 avgust kuni 2019/2020 o‘quv yili magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan nomzodlar o‘rtasida mutaxassislik fanlaridan imtihonlar boshlandi.

2019/2020 o‘quv yili uchun tasdiqlangan qabul kvotasiga asosan O‘zDK magistraturasiga 15 ta mutaxassisliklar bo‘yicha 82 nafar nomzoddan hujjat qabul qilingan.

Musiqa san’ati mutaxassisligiga eng ko‘p, Musiqiy ovoz rejissyorligi mutaxassisligiga esa eng kam hujjat topshirildi.

Nomzodlar quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha imtihonlar topshiradilar:

  • Bastakorlik san’ati;
  • Musiqa san’ati;
  • Dirijorlik: xor dirijorligi;
  • Vokal san’ati: an’anaviy xonandalik;
  • Vokal san’ati: estrada xonandaligi;
  • Fortepiano (organ);
  • Cholg‘u ijrochiligi: torli cholg‘ular;
  • Cholg‘u ijrochiligi: an’anaviy cholg‘ular;
  • Cholg‘u ijrochiligi: puflama va zarbli cholg‘ular;
  • Cholg‘u ijrochiligi: estrada cholg‘ulari;
  • Musiqiy ovoz rejissyorligi.

2019 yil 10 avgust kuni esa barcha mutaxassisliklar bo‘yicha chet tili fanidan test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

Share