SACHILIGA RASMIY SAFAR

SACHILIGA  RASMIY  SAFAR

Joriy yilning 21-24 iyul kunlari Italiya davlatining Sachili shahrida dunyoga dong‘i ketgan, royal va konsert fortepianolarini ishlab chiqaruvchi FAZIOLI kompaniyasi tadbir tashkil qildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Ilmiy ishlar va innovatsialar bo‘yicha prorektori, professor Sayyora Gafurova qatnashdi.

Taklif etilganlar orasida Ozarbayjon Milliy konservatoriyasi va Boku Musiqa Akademiyasi, Qozog‘iston Milliy konservatoriyasining rektorlari va ushbu sohaning yetuk bilimdonlari ham bor edi.

Tadbir doirasida FAZIOLI kompaniyasi direktori Paolo Fatsioli bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Qatnashchilar royal va fortepiano musiqa asboblarining ishlab chiqarish texnologik jarayoni bilan batafsil tanishdilar. Shuningdek, taklif etilgan mehmonlarga tayyor bo‘lgan musiqa cholg‘usida kuy ijro etish va mutaxassis sifatida o‘z fikr-mulohazalarini bildirish imkoniyati berildi.

Ma’lumot o‘rnida shuni qayd etish lozimki, FAZIOLI kompaniyasi     1981 yilda muhandis diplomiga ega va professional pianinochi Paolo Fatsioli tomonidan tashkil etilgan. Ushbu kompaniya tomonidan yiliga
100 dan ortiq royal ishlab chiqariladi. Har bitta rol ishlab chiqarish  jarayoni esa kamida ikki yildan ortiq vaqtni talab etadi.

Musiqa ta’lim maskanlarida ushbu kompaniya mahsulotlaridan keng foydalanilishi uning ijrochilar orasida tan olingan brendlardan ekanligini anglatadi.

Share