O‘ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASINING YOSH OLIMLARI ILMIY TAJRIBA ORTTIRMOQDA

O‘ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASINING YOSH OLIMLARI ILMIY TAJRIBA ORTTIRMOQDA

2019 yil 18 iyuldan 15 avgustga qadar O‘zbekiston davlat konservatoriyasining yosh olimlari “Musiqa va tanqid tarixi”kafedrasi dotsenti Ganixanova Shoyista Sharafutdinovna va Atamullaeva Feruza Raxmatullaevna Belarus davlat pedagogika universiteti (BDPU) Malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti negizida “Innovatsiya ilmiy tadqiqotlari: nazariya, metodologiya, amaliyot”dasturi bo‘yicha qisqa muddatli ilmiy stajirovkani o‘tashadi.

BDPU san’atni o‘qitish nazariyasi va uslubiyoti kafedrasi dotsenti, san’atshunoslik fanlari nomzodi Bыchkova Natalya Valerevnastajirovkaning rahbari hisoblanadi.

22 iyul kuni  malaka oshirayotgan hamkasblarimiz  uchun ilmiy dastur doirasida “Tadqiqot ko‘nikmalari: olim va pedagog uchun vositalar to‘plami” mavzusida davra suhbati amaliy mashg‘ulot  (o‘qituvchi – BDPU MOPI menejment va ta’lim texnologiyalari kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Strelkova Irina Borisovna) o‘tkazildi. Davra suhbati vaqtida stajerlar ishlash uchun foydali servislar bilan tanishdilar. Ular orasida: elektron jo‘natmalarga  (ilmiy jurnallar, ilmiy adabiyotlar nashrlari va b.); kontent (mazmun) boshqaruvchilarga – tadqiqotchining qiziqishlariga qarab axborotni kuzatib borish, to‘plash va tizimlashtirishga;  yakka tartibdagi va birgalikdagi ilmiy tadqiqot faoliyat uchun Google servislariga; bibliografik menejerlarga (bibliografik axborot bilan ishlash servislari – ZOTERO sitatalar menejeriga va boshqalarga) obuna bo‘lish.

Bundan tashqari hamkasblarimiz elektron o‘quv-uslubiy majmualar (EUUM) turli dasturiy platformalarda yaratish texnologiyalari bilan tanishdidar, EUUTning yaratilishi va dissertatsiya tadqiqoti ustida ishlashda axborotning tuzilishi uchun Help&Manual i Mindjet MindManager dasturiy platformalarining imkoniyatlari va afzalliklarini ko‘rdilar.

Kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasi yosh olimlari uchun Belarus Milliy kutubxonasiga (BMK) tanishuv ekskursiyasi tashkil etildi. Hamkasblarimiz kutubxonaga yozilib, 5 yil muddatga o‘qish biletlariga ega bo‘lishdi; BMK qurilishi va 2016 yilda yangi binosi tantanali ravishda ochilishi tarixi bilan tanishishdi, Kitob muzeyiga tashrif buyurdilar; fan nomzodlari va fan doktorlari uchun ilmiy o‘quv zalida, dissertatsiyalar zalida va ma’lumotnoma-axborot bo‘limida  ishlash bo‘yicha maslahatlar olishdi. Stajerlar uchun BMK barcha kitobxonlariga foydalanishga ruxsat beriladigan, kutubxonaning kartali va Elektron kataloglarida, to‘liq matnli xorijiy ma’lumotlar bazasida oddiy va keng axborot izlash bo‘yicha kichika mahorat darsi o‘tkazildi.

Share