MADANIYAT VAZIRI O‘ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASIDA 2019/2020 O‘QUV YILI BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHLARI BO‘YICHA KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR JARAYОNI BILAN TANISHDI

MADANIYAT VAZIRI O‘ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASIDA 2019/2020 O‘QUV YILI BAKALAVRIAT TA’LIM  YO‘NALISHLARI  BO‘YICHA KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR JARAYОNI BILAN TANISHDI

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida 2019/2020 o‘quv yili bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar topshirish jarayoni davom etmoqda.

Bugun, 26 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori B. Sayfullaev O‘zbekiston davlat konservatoriyasidaushbu jarayon bilan tanishdi.

Vazir abiturientlarning ota-onalari hamda imtihonga jalb etilgan malakali mutaxassislar bilan ham suhbatlashdi. Ota-onalar yaratilgan shart-sharoitlar va qulayliklar uchun minnatdorchilik bildirishgan bo‘lsa, komissiya a’zolari bu yilgi abiturientlar orasida iqtidorli bolalar ko‘pligini e’tirof etishdi.

Tashrif buyurgan ota-onalar imtihon jarayonlarini kuzatuv kameralari orqali konservatoriya vestibyuliga o‘rnatilgan monitorlar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib bormoqdalar.

B.Sayfullaev kirish imtihonlarida bor iste’dodini namoyish etayotgan abiturientlarga, ularning ota-onalariga omad, muvaffaqiyatlar tiladi.

Share