O‘ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASIDA 2019/2020 O‘QUV YILI BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHLARI BO‘YICHA KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR BOSHLANDI

O‘ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASIDA 2019/2020 O‘QUV YILI BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHLARI BO‘YICHA KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR BOSHLANDI

Bugun, 2019 yilning 25 iyulidan O‘zbekiston davlat konservatoriyasida qabul test sinovlarisiz abiturientlardan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlaridan – “Fortepiano”, “Puflama (zarbli) cholg‘ular ijrochiligi”, “Akademik xonandalik ijrochiligi”, “An’anaviy yakka xonandalik”, “An’anaviy cholg‘u ijrochiligi”, “Xalq cholg‘ularida ijrochilik”bo‘yicha hujjat topshirgan abiturientlar uchun ijodiy imtihonlar boshlandi.

Imtihonlarning shaffof va oshkoraligini ta’minlash maqsadida imtihon bo‘lib o‘tadigan Katta zal, Organ zali, Kichik zal va xonalarga kuzatuv kameralari o‘rnatilgan va ota-onalarga jarayonlarni bevosita kuzatish imkoniyati yaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019/2020 o‘quv yilida imtihonlarni o‘tkazilishini nazorat qilish uchun O‘zDKga biriktirilgan mas’ul xodimlari – Z. Turdiev va M. Tojievlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihonlarningshaffof va oshkora o‘tkazilishinazoratga olingan.

 

Share