VAZIRNING NAVBATDAGI QABULI

VAZIRNING NAVBATDAGI QABULI

Joriy yilning 20 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, professor Baxtiyor Sayfullaevning O‘zbekiston davlat konservatoriyasida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulda fuqarolar ish bilan ta’minlash, madaniyat sohasidagi tizim tashkilotlarining rivojlanishi yo‘lida yangi g‘oyalarni joriy etish bo‘yicha takliflar va turli masalalar yuzasidan murojaat etishdi. Jumladan, fuqaro Muxamedova Gulshan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabalari uchun  “Maxsus opera va tayyorlov” nomli o‘quv qo‘llanma ustida ish olib borayotganini va uni chop etish borasida amaliy yordam so‘radi. Fuqaro Akromov Ahror konservatoriya katta oshxonasini ijaraga olish va Nafikova Rufina konservatoriyaga imtiyoz asosida o‘qishga kirish masalasida murojaat qildilar. B.Sayfullaev barcha murojaatlarni o‘rnatilgan tartibda o‘rganib, ko‘rib chiqish uchun mas’ullarga topshiriqlar berdi.

Share