O‘ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASI VA TALABALAR TURARJOYLARIDA 2019/2020 O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARI BOSHLAB YUBORILDI

O‘ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASI VA TALABALAR TURARJOYLARIDA 2019/2020 O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARI BOSHLAB YUBORILDI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 3 iyuldagi “Oliy ta’lim muassasalarini 2019/2020 o‘quv yiliga tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha shtablar va ishchi guruhlar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 590-sonli hamda 2019 yil 3 iyuldagi “Talabalar turarjoylarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash ishlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 592-sonli buyruqlari ijrosini ta’minlash hamda amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston davlat konservatoriyasining O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori A.Mansurov rahbarligida  konservatoriya va talabalar turarjoy binolarida  doimiy faoliyat yurituvchi shtablar tashkil etildi. O‘quv binosini va TTJlarni ta’mirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish hamda hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha tarmoq jadvali ishlab chiqilgan. Shu jadval asosida Uchtepa tumanida joylashgan TTJda qisman joriy ta’mir ishlari  va hududlarni obodonlashtirish, 8-TTJda esa joriy ta’mir ishlari boshlab yuborildi.

Share