“5 TA MUHIM TASHABBUS AMALDA” TURKUMIDAN

“5 TA MUHIM TASHABBUS AMALDA” TURKUMIDAN

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus bo‘yicha konservatoriya jamoasi va talabalari tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

2019 yil 18 iyul kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining bir guruh talabalari Toshkent shahar 300-ixtisoslashtirilgan maktabda tashkil qilingan bolalar oromgohiga tashrif buyurdilar. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad birinchi tashabbus bo‘yicha bolalarni san’at va madaniyatimizga qiziqtirish hamda ularning dam olish vaqtini mazmunli tashkil qilishdan iborat edi.

Uchrashuv avvalida bolalarga Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus haqida batafsil ma’lumot berildi va ular bilan savol-javob o‘tkazildi. So‘ngra talabalar musiqa san’ati haqida to‘xtalib, o‘ziga xos tadbir tashkil qildilar. Jumladan, Orkestr cholg‘ulari estrada san’ati fakulteti
4-kurs bitiruvchi talabasi Usmonov Tohirjon bolalarga skripka cholg‘usi haqida so‘zlab, ularga skripka cholg‘usida kuy ijro etib bergan bo‘lsa, shu fakultetning yana bir bitiruvchi talabasi Enazarov Shahboz o‘zbek milliy estradasi xususida so‘zlab, bolalarga qo‘shiq kuylab berdi. Bastakorlik, musiqashunoslik, fortepiano, akademik xonandalik va xor dirijorligi fakulteti 2-kurs talabalari Julanova Maftuna, Yo‘ldosheva Feruza va Esonaliev Abdurahmonlar yurtimizda akademik xonandalik va opera san’ati rivoji haqida qiziqarli ma’lumotlar berdilar va o‘z mahoratlarini ijro etib ko‘rsatdilar. Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda o‘tib, bolalarda iliq taassurot qoldirdi.

Bundan avval ham konservatoriyaningbir guruh talabalari “Fazogir” oromgohiga tashrif buyurib, yoshlarni san’at va madaniyatimizga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga o‘z hissalarini qo‘shgan edilar.

Share