O‘ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASI TALABASI XALQARO YOSH KLASSIK IJROCHILARNING “BORJOMI – 2019” TANLOVI G‘OLIBI

O‘ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASI TALABASI  XALQARO YOSH KLASSIK IJROCHILARNING “BORJOMI – 2019” TANLOVI G‘OLIBI

2019 yil 28 iyun – 11 iyul kunlari Gruziyaning Borjomi shahrida bo‘lib o‘tgan I Xalqaro yosh klassik ijrochilarning “Borjomi – 2019” nomli tanlovi hamda VIII Xalqaro festivalda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “Maxsus fortepiano” yo‘nalishi 2-kurs talabasi Abdulazizov Maxmut g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, tanlov jyuri a’zolarining qaroriga ko‘ra Maxmut Abdulazizov “Yuqori virtuoz ijrosi uchun”, “Artistik mahorati uchun”, “Tomoshabinlar olqishi” kabi nominatsiyalar bilan ham taqdirlandi.

Maxmut Abdulazizov shu yilning 1-8 may kunlari Antaliya shahrida o‘tkazilgan IX Xalqaro “World of Harmony” tanlovida ham Gran-pri sovrininiqo‘lga kiritgan edi. Borjomi shahrida o‘tkazigan VIII Xalqaro festival doirasida“World of Harmony” tanlovi g‘olibi sifatida o‘zining yakkaxon konserti bilan ishtirok etish uchun taklif etilgan M. Abdulazizov festivalning “Bravissimo” mukofoti bilan taqdirlanib, tashkilotchilar hamda tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.

Bizning dargohda shunday iqtidorli talabalar borligidan faxrlangan holda Abdulazizov Maxmutning yurtimiz san’atini yanada tarannum etishiga va kelgusi ijodiga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Share