2019/2020 O‘QUV YILI UCHUN OLIY TA’LIM MUASSASALARINING BAKALAVRIATIGA ABITURIENTLARNI RO‘YXATDAN O‘TKAZISH YAKUNLANDI

2019/2020 O‘QUV YILI UCHUN OLIY TA’LIM MUASSASALARINING BAKALAVRIATIGA ABITURIENTLARNI RO‘YXATDAN O‘TKAZISH YAKUNLANDI

O‘zbekiston Milliy axborot agentligining Davlat test markazidan olgan ma’lumotlariga qaraganda, respublika bo‘yicha jami 60 ta oliy ta’lim muassasalari va ularning 30 ta filiallariga kirish uchun 1 mln. 66 ming 925 nafar abiturientlar ro‘yxatdan o‘tkazildi. Shundan kunduzgi ta’lim shakliga – 718 097 nafar, kechki ta’lim shakliga – 13 821 nafar, sirtqi ta’lim shakliga – 335 007 nafar abiturient ro‘yxatdan o‘tdi.

Abiturientlarni ro‘yxatdan o‘tkazish 90 ta oliy ta’lim muassasalarining qabul komissiyalari va 201 ta Davlat xizmatlari markazlarida 4 500 dan ortiq operatorlar tomonidan amalga oshirildi.

2019 yil 11 iyuldan 15 iyulga qadar konservatoriyaga hujjat topshirgan abiturientlar uchun ixtisosliklari bo‘yicha maslahatlar o‘tkazildi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida vakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 2019 yil 25 iyuldan boshlanadi.

Quyida imtihonlar jadvali keltirilgan.

Share