“Xalq so‘zi” gazetasining (2019 yil 14 iyun 120 (7350)-son) muxbiri R. Sherqulovning “5 ta tashabbus ijrosida tashabbuskorlik yetishmayapti…” sarlavhasi ostidagi tanqidiy-tahliliy maqolasiga munosabat

“Xalq so‘zi” gazetasining (2019 yil 14 iyun 120 (7350)-son) muxbiri  R. Sherqulovning “5 ta tashabbus ijrosida tashabbuskorlik yetishmayapti...” sarlavhasi ostidagi tanqidiy-tahliliy maqolasiga munosabat

“Xalq so‘zi” gazetasining 2019 yil 14 iyun sonida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini o‘rganish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhining tanqidiy fikrlaribosilgan edi. Aksariyat ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar asosli, e’tibordan chetda qolganligini e’tirof etamiz.

Eslatib o‘tish joizki, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi (keyingi o‘rinlarda – O‘zDK) mamlakatimiz musiqa madaniyati rivojlanishiga munosib ulush qo‘shayotgan ta’lim muassasasidir. 2002 yilning 22 mart sanasida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi maqomida zamonaviy binoda faoliyatini yangi bosqichini boshlagan konservatoriyaning asosiy binosi shu kungacha Respublika byudjetidan yetarli miqdorda mablag‘ ajratilmaganligi sababli biror marta kapital ta’mirlanmagan.

2019 yil 12 iyun kuni  Oliy ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganish yuzasidan tuzilgan Respublika ishchi guruhi bir qancha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha musiqa sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga o‘zining rejasi asosida tashrif buyurdi.

Aynan shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining(2019 yil 16 maydagi 37x/s-sonli buyruq) tasdiqlangan grafigi asosida TDIU binosida konservatoriyaning barcha professor-o‘qituvchilari attestatsiyadan o‘tkazilganligi sababli yakka mashg‘ulotlar o‘tadigan ayrim xonalar berk holda bo‘lgan. Attestatsiya munosabati bilan qoldirilgan dars soatlaritalabalarga o‘z vaqtida o‘tildi.

Maqolada O‘zDK moddiy-texnik bazasidagi muammolar, jumladan, fuqaro muhofazasi xonasining ta’mirga muhtojligi tanqid qilingan.

O‘zDK huzuridagi Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Markazi Toshkent shahri va Respublikamiz viloyatlarida musiqa sohasida faoliyat olib borayotgan pedagog-xodimlar uzlyuksiz ravishda malaka oshirishlari uchun xizmat qiladi. Bugungi kunda “Fuqaro muhofazasi” fani O‘zDK huzuridagi Malaka oshirish markazi tinglovchilari uchungina o‘tilib, Markazning “Dars jadvali”ga asosan boshqa fanlar ham shu xonada Markaz uchun yangi bino qurilib, ekspluatatsiyaga topshirilgunga qadar o‘tib turilibdi. Ushbu xonaning yonma-yon bloklangan devorlari tutash bo‘lganligi sababli yillar o‘tgan sari bir-biridan qochib, darz ketgan. Har yili ichki imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bino bir marta normal holatga keltirib turilsa-da, so‘nggi oylarda tinimsiz yog‘gan yomg‘ir, do‘l ayrim xona va yo‘laklar devorlariga ta’sir etmay qolmadi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, hali to‘liq qurib ulgurmagan devorlarni ta’mirlab bo‘lmaydi. Hozirda bu kamchilik bartaraf etildi.

Lift masalasida shuni alohida ta’kidlaymizki, lift konservatoriyada har doim ishlagan. Konservatoriya binosi sokol qavati bilan birga 5 qavatli bo‘lgani uchun faqat keksa yoshdagi professor-o‘qituvchilar va nogironlarga liftyor yordamida xizmat ko‘rsatilib, 12 iyun kuni ham lift ishchi holatda bo‘lgan (avtomatik ravishda knopkasini bosish bilan lift xizmat ko‘rsatmaydi).

Yong‘inni o‘chirish uchun tashkil etilgan maxsus shkaflar eski bo‘lsa-da, ishchi holatda. Yong‘in xavfsizligi xizmati bilan yong‘in xavfsizligini tunu kun nazorat qilishbo‘yicha shartnoma tuzilgan. Maxsus burchaklardagi asbob-uskunalarni esa mutaxassislar bilan kelishgan holda yangilash rejalashtirildi.

Konservatoriyada mavjud 6,5 mingdan ortiq elektr yoritish nuqtalari bosqichma-bosqich energiya tejamkor lampalarga almashtirilmoqda. Bugungi kunga kelib ajratilgan mablag‘ va ichki imkoniyatlar doirasida bino yoritish nuqtalarining 18 % i tejamkor lampalarga almashtirildi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga 2018 yilda MTU-6,45 Gn rusumli lokal isitish qozonxonasi o‘rnatilgan. Issiq suv bilan ta’minlash ichki talablarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

Ma’lumki, konservatoriyada faoliyat olib boradigan ustozlar va  talabalar har doim o‘z ijro mahoratlari bilan nufuzli tadbirlarda ishtirok etib keladilar. Jumladan, konservatoriya talabalari hozirdan o‘z ustozlari qatorida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan “Sharq taronalari” XII Xalqaro musiqa festivalirepetitsiyalarida qatnashmoqdalar. 47 nafar turli yo‘nalishdagi talabalarga vazirlikning tegishli ko‘rsatmasi asosida sohaviy mashg‘ulotlarga erkin tarzda qatnashishlari uchun ruxsat berilgan. Hozirda mazkur talabalar fanlarni yaxshi baholar bilan o‘zlashtirib oldilar.

Yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish masalasida konservatoriyada bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Konservatoriya Axborot-resurs markazi o‘quv zalidagi o‘rinlar soni ko‘paytirilib, ularni yangi o‘quv yili boshlangunicha 100 taga yetkazish rejalashtirilgan. ARMni yangi rusumdagi  qo‘shimcha kompyuterlar bilan ta’minlash imkoniyati axtarilmoqda, bu yetishmovchilik ham bartaraf etiladi. Qolaversa, musiqachi bo‘lishlariga qaramasdan aksariyat talabalar, kompozitorlar, musiqashunoslar, musiqiy ovoz rejissyorlari (texnogen san’ati) doimiy ravishda o‘zlarining shaxsiy kompyuterlaridan foydalanadilar.

Konservatoriya professor-o‘qituvchilari ham o‘z malaka va salohiyatlarini tinimsiz oshirib bormoqdalar. Jumladan, O‘zDKdan 14 nafar saralangan professor-o‘qituvchilar 2019 yilning oxirigacha xorijda malaka oshirishlari uchun “El-yurt umidi” jamg‘armasining sertifikatiga ega bo‘ldilar. Hozirda kafedra mudirlarining ham xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishlari masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus bo‘yicha konservatoriyada ishlar yakdillik bilan, tizimli ravishda olib borilmoqda. Bu borada chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Eng muhimi – ustuvor maqsadlarimiz aniq. Bu yuksak maqsadlarga erishish yo‘lida barchamiz hamjihatlikda harakat qilamiz, albatta.

Ta’mirdan keingi holat

Share