SAN’AT VA MADANIYAT SOHASIDAGI DOLZARB MASALALARGA BAG‘ISHLANGAN YIG‘ILISH

SAN’AT VA MADANIYAT SOHASIDAGI DOLZARB MASALALARGA BAG‘ISHLANGAN YIG‘ILISH

Bugun, 2019 yil 13 iyul kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Organ zalida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya Oliy maktabi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektorlari, prorektorlari, professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirokida  yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari A. Abduhakimov o‘tkazdi.Unda oliy ta’lim muassasalarida amalga oshirilgan ishlar, mavjud kamchiliklar va yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan fikrlar almashildi. Ishtirokchilardan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professor-o‘qituvchilari M. Razzoqova, M. Yo‘lchieva, O. Abdullaeva va S. Gafurovalar  bugungi kunda ta’lim sohasida dolzarb bo‘lgan masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha yangi g‘oyalar va takliflarni ilgari surdilar.

Share