MADANIYAT VAZIRI XORIJLIK FESTIVAL QATNASHCHILARI BILAN UCHRASHDI

MADANIYAT VAZIRI XORIJLIK FESTIVAL QATNASHCHILARI BILAN UCHRASHDI

2019 yil 15 iyul kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri -O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori  B. Sayfullaev bilan Marg‘ilon shahrida bo‘lib o‘tgan “Buyuk ipak yo‘li” I  Xalqaro folklor san’ati festivali xorijlik qatnashchilarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Yaponiyaning “CSPC” guruhi rahbari Kyoko Ivamotoxonim boshchiligidagi raqqoslar, musavvirlar va musiqachilardan iborat delegatsiya hamda Koreya Respublikasining raqsi ustasi Li Mi Yung tomonidan 2007 yilda tashkil etilgan “YEMURI Dance” guruhi, shuningdek, YUNESKOning MOON HYUNGSUK Xalqaro folklor tashkiloti IOVOsiyo mintaqasi Bosh kotibi koreyalik janob Muk Xyung Sun boshchiligidagi folklor-raqs jamoasi delegatsiyasi  O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga tashrif buyurdi.Tashrif davomida tomonlar hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Yaponiyaliklar bilan o‘zaro hamkorlik, musiqiy cholg‘ular almashinuvi hamda Yaponiyada musiqa maktablarini tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.

B.Sayfullaev tashrif buyurgan mehmonlarga esdalik sovg‘alarini taqdim etdi

Share