5 TA MUHIM TASHABBUS AMALDA: YOSHLARNI TA’TIL VAQTINI MAROQLI O‘TKAZISHDA TALABA YOSHLAR HAM O‘Z HISSASINI QO‘SHMOQDA

5 TA MUHIM TASHABBUS AMALDA: YOSHLARNI TA’TIL VAQTINI MAROQLI O‘TKAZISHDA TALABA YOSHLAR HAM O‘Z HISSASINI QO‘SHMOQDA

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus yuzasidan yurtimizda ulkan ishlar amalga oshirilmokda. O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabalari ham bunday ishlarga befarq bo‘lmagan holda, yoshlarning ta’til vaqtini maroqli o‘tkazish va ularga o‘z iste’dodini namoyon etishga ko‘maklashish maqsadida musiqadan mashg‘ulotlar, ijodiy uchrashuv va badiiy kechalar kabi tadbirlarni o‘tkazishmoqda. Jumladan, 2019 yil 9 iyul kuni konservatoriyaning bir guruh talabalarikonservatoriya Kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida“Fazogir” bolalar yozgi oromgohiga tashrif buyurdilar. Talabalar dastlab bolalarga 5ta tashabbus haqida ma’lumot berdilar, so‘ngra 5 tashabbus bo‘yicha qiziqarli savol-javob o‘tkazildi. Shundan so‘ng, konservatoriyaning Orkestr cholg‘ulari estrada san’ati fakulteti 4-kurs bitiruvchilari Usmonov Tohirjon bolalarga skripka cholg‘usi haqida, Dashkinova Iroda esa o‘zbek milliy estradasi haqida ma’lumotlar berib, bolalarga qo‘shiq kuylab berdilar. O‘zbek musiqa ijrochiligi fakulteti 2-3-kurs talabalari Isroilova Sarvinoz va Tosheva Marjona esa dutor cholg‘usi haqida so‘zlab, ushbu cholg‘udakuylar ijro etishdi.

Bastakorlik, musiqashunoslik, fortepiano, akademik xonandalik va xor dirijorligi fakulteti 1- va 2-kurs talabalari Iminova Sitora, Xojiakbarova Sadoqat, Abduraimov Nosirjon, Yo‘ldoshev Bekzod, Esonaliev Abdurahmonlar O‘zbekistonda akademik xonandalik va opera san’ati haqida batafsil to‘xtalib, bu borada o‘z ijro mahoratlarini namoyish etdilar. Talabalarimizning bunday tadbir va uchrashuvlarda faol ishtiroki yoshlarni san’at va madaniyatimizga bo‘lgan qiziqishlarini oshishiga xizmat qilishiga ishonamiz.

Share