“NIHOL “ MUKOFOTI TANLOVI RESPUBLIKA BOSQICHI

“NIHOL “ MUKOFOTI TANLOVI RESPUBLIKA BOSQICHI

Bugun 2019 yil 10 iyul kuni (10-13 iyul) O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Katta zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofoti tanlovining Respublika bosqichi o‘z ishini boshladi.

Xalqimiz orasidan yetishib chiqayotgan yosh iqtidor egalarini asrab-avaylash, ularning imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish ushbu mukofotning asosiy maqsadlaridandir.

Hududiy saralash bosqichlari ishtirokchilari orasidan 206 nafari Hakamlar hay’ati tomonidan respublika bosqichida ishtirok etishga loyiq deb topildilar.

Ishtirokchilar Respublika bosqichida mumtoz qo‘shiq, musiqa ijrochiligi, estrada, opera ijrochiligi, raqs san’ati yo‘nalishlarida o‘z ijodi va mahoratini “Nihol” mukofoti Respublika Kengashi a’zolari, mutaxassis va ekspertlar hamda keng jamoatchilik oldida namoyish etadilar.

“Nihol” mukofoti sovrindorlari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha Oliy o‘quv yurtiga imtihonsiz va test sinovlarisiz davlat granti asosida o‘qishga kirish imkoniyati, “Nihol” ramzi aks ettirilgan sovrin va eng kam oylik ish haqining 70 baravari miqdoridagi pul mukofotiga ega bo‘ladilar.

“Nihol” mukofotini tantanali topshirish marosimi va taniqli estrada yulduzlari ishtirokidagi gala konsert joriy yilning 16 avgust kuni “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida o‘tkaziladi.

Share