OLIY TA’LIM MUASSASALARI ARO O‘TKAZILGAN “YAGONASAN, MUQADDAS VATAN!” RESPUBLIKA KO‘RIK-TANLOVINING YAKUNIY RESPUBLIKA BOSQICHI

OLIY TA’LIM MUASSASALARI ARO O‘TKAZILGAN “YAGONASAN, MUQADDAS VATAN!” RESPUBLIKA KO‘RIK-TANLOVINING YAKUNIY RESPUBLIKA BOSQICHI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko‘rik-tanlovining yakuniy Respublika bosqichi tashkil etildi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Ma’naviy va ma’rifiy axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i Otabek Bozorov ochib berdi. So‘zga chiqqan ko‘rik-tanlov Hakamlar hay’ati raisi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi o‘rinbosari Habibullo Rahimov tanlovning shartlari bilan ishtirokchilarni tanishtirdi.

“Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko‘rik-tanlovidan ko‘zlangan asosiy maqsad oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning Vatanga sadoqat, uning taqdiri  uchun daxldorlik hissi bilan yo‘g‘rilgan, mazmunan teran, badiiy yetuk qo‘shiqlar yaratishini rag‘batlantirish hamda ularni xalqimizning ma’naviy mulkiga aylantirishdan iboratdir.

Mazkur ko‘rik-tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Buxoro davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti, Andijon davlat universiteti, Urganch davlat universiteti, Qarshi davlat universiteti, Termiz davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Navoiy davlat konchilik instituti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Namangan muhandislik texnologiyalari instituti, Jizzzax davlat pedagogika instituti, Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, I.M.Gubkin nomidagi RDNGU Toshkent filiallarining ijodkor talabalari yakuniy respublika bosqichida ishtirok etmoqdalar.

G‘olib bo‘lgan jamoa a’zolari, ko‘rik-tanlov tashkilotchilari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari, shuningdek, Vazirlik huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan ovoz yozish studiyasidan imtiyozli foydalanish huquqini beruvchi sertifikat bilan rag‘batlantiriladilar.

Share