O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “Olimpiya kuni”

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “Olimpiya kuni”

Barchamizga ma’lumki Toshkent shahrida “Olimpiya kuni” o‘zgacha bayram sifatida nishonlanmoqda. Shaharko‘chalari, bog‘lar, markaziy xiyobonlar “Olimpiya kuni” ishtirokchilari bilan to‘la. Hozirda Respublikamizning barcha hududlarida bayram shukuhi kezib yuribdi. “Olimpiya kuni” tarovati bugun Toshkent shahrini ham qamrab oldi. O‘zbekiston davlat konservatoriyasida ham erta tongdan ommaviy sog‘lomlashtirish sport mashqlarini o‘tkazish bilan boshlandi. Konservatoriyaga tashrif buyurgan abiturentlar va ota-onalar  tomonidan sog‘lomlashtirish sport  mashqlari bajarib, kayfiyatlari ko‘tarildi. Shuningdek, bayram dasturi poytaxtimizning qoq markazi hisoblanmish Amir Temur xiyobonida ham o‘tkazilmoqda. Xiyobonda Milliy gvardiya hamda yilqichilik va ot sporti federatsiyasiga tegishli otlar ishtirokida parad o‘tkazildi. Toshkentning boshqa ko‘cha va bog‘larida “Olimpiya kuni” munosabati bilan bir-biridan qiziqarli sport tadbirlari tashkil qilinmoqda.

Share