“SOVREMENNIK” TEATRI RAHBARI BILAN UCHRASHUV

“SOVREMENNIK” TEATRI RAHBARI BILAN UCHRASHUV

Bugun, 5 iyul kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektoriBaxtiyor Sayfullaev Moskvaning“Sovremennik” teatri direktori Igor  Popov  bilan uchrashdi.

Uchrashuvdajoriy yilning noyabr oyida “Sovremennik” teatrining O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan gastrol masalalari ko‘rib chiqildi.Shuningdek, ikki mamlakat yetakchi teatr jamoalari o‘rtasidagi ijodiy hamkorlik masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Ma’lumot o‘rnida: Moskvaning “Sovremennik” teatriga 1956 yilda asos solingan. Teatr repertuari asosini doimo zamonaviy mualliflarning yaratgan asarlari tashkil qilgan. Ushbu teatr o‘zining eng asosiy vazifalaridan birini tomoshabin bilan zamonaviy tilda gaplashish lozimligida ko‘radi. O‘zining 50 yildan ortiqroq tarixi davomida “Sovremennik” dunyoning turli mamlakatlariga gastrol safarlari uyushtirgan va tomoshabinlar orasida katta muvaffaqiyat qozongan. Bu yil yurtimizda o‘tkazilishi kutilayotgan “Sovremennik” teatrining gastrol safari ham san’at ixlosmandlari uchun chinakam tuhfa, unutilmas voqea bo‘lib qolishiga ishonamiz.

Share