2019/2020 O‘QUV YILI UCHUN QABUL DAVOM ETMOQDA

2019/2020 O‘QUV YILI UCHUN QABUL DAVOM ETMOQDA

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida 2019/2020 o‘quv yili uchun qabul jarayoni davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi “2019/2020 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari  to‘g‘risida”gi PQ-4359-son qarori 1-ilovasida O‘zbekiston davlat konservatoriyasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 322 ta kvota ajratilgan bo‘lib, shulardan 138 tasi davlat granti (shu jumladan 53 tasi maqsadli qabul), 184 tasi to‘lov-kontrakt asosidagi o‘rinlardir. Bu yil 7 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga va 7 ta magistratura mutaxassisliklariga hujjatlar qabul qilinadi. Boshqa oliy ta’lim muassalaridan farqli ravishda, O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga hujjatlar 10 iyulga qadar qabul qilinadi.

2019/2020 o‘quv yili qabulini yuqori sa’viyada tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

Abiturientlar va ularning ota-onalarining qabul to‘g‘risidagi murojaatlariga tezkor javob olishga yordam beruvchi aloqa markazida (“call center” 0371 – 244-61-57) aoliyat yuritadigan xodimlardan iborat Ishchi guruhi shakllantirilgan.

Share