BUGUN, 27 IYUN – MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI

BUGUN, 27 IYUN – MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI

Bugun O‘zbek milliy akademik drama teatrida shu sanaga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlarining vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, noshirlar, matbaachilar, faxriy jurnalistlar, oliy o‘quv yurtlari jurnalistika fakultetlarining professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrigini Prezident maslahatchisi Xayriddin Sultonov o‘qib eshittirdi.

Olqishlar va ehtirom bilan kutib olingan tabrikdan so‘ng davlatimiz rahbarining milliy jurnalistika sohasini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan, mamlakat va jamiyat taraqqiyoti yo‘lida fidoyi ijodiy faoliyat olib borayotgan bir guruh OAV xodimlarini Vatanimizning yuksak unvon, orden va medallari bilan mukofotlash haqidagi Farmoni o‘qib eshittirildi. Bosh vazir A. Aripov taqdirlanganlarga mukofotlarni topshirdi.

Bayram tadbiri san’at ustalari va yosh xonandalarning konserti bilan yakunlandi.

Share