5 MUHIM TASHABBUS AMALDA

5 MUHIM TASHABBUS AMALDA

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalari bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish bo‘yichaO‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” huquqiy axborot markazi hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi bilan birgalikda ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha hamkorlikqilish rejalashtirilgan.

Bugun “Adolat” huquqiy axborot markazi xodimlari O‘zbekiston davlat konservatoriyasining“Noyob musiqiy cholg‘ular muzeyi”ga tashrif buyurishdi. Muzeydagi musiqiy cholg‘ularning tarixiy va zamonaviy turlaridan tarkib topgan ko‘rgazmani tomosha qilib, o‘ziga xos tuzilishga, betakror shaklga va boy bezaklarga ega bo‘lgan cholg‘ularimizning rang-barangligidan bahramand bo‘lishdi.

Markaz xodimlari mamlakatimiz musiqa madaniyati rivojlanishiga munosib ulush qo‘shayotgan ta’lim muassasasining tarixi va bugungi kundagi faoliyati bilan tanishishdi.Konservatoriyaning Organ zalida organ musiqa sozi haqida ma’lumot olib, “Sug‘diyona” xalq cholg‘ulari kamer orkestri va talabalarkichik konsert repertuaridan musiqalar tinglashdi.

Share