YOSHLAR KELAJAGIGA BEFARQ BO‘LMAGAN TALABA

YOSHLAR KELAJAGIGA BEFARQ BO‘LMAGAN TALABA

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Bastakorlik, musiqashunoslik, fortepiano, akademik xonandalik va xor dirijorligi fakultetining “musiqashunoslik” yo‘nalishi 3-kurs talabasi Qobilova Hilola Xurshid qizi dam olish kunlari o‘zi istiqomat qiladigan mahalla yoshlari bilan musiqa mashg‘ulotlarini o‘tkazib kelmoqda. Talabaning bu tashabbusi hozirgi kunda dolzarb masalalardan biri bo‘lgan yoshlarning bo‘sh vaqtini sermazmun o‘tkazishga hissa qo‘shmoqda. Quyida talaba yashaydigan – Toshkent shahar, Shayxontohur tumani “Mannon Uyg‘ur” nomli mahalla fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan berilgan tashakkurnomaning to‘liq matnini keltirib o‘tamiz: “Toshkent shahar, Shayxontohur tumani “Mannon Uyg‘ur” mahallasi Shofayz ko‘chasi 53-xonadonda istiqomat qiluvchi Qobilova Hilola Xurshid qizi mahallamiz yoshlari kelajagiga befarq bo‘lmagan holda dam olish kunlari bolalar bilan birgalikda kichik konsert dasturlarini o‘tkazib kelmoqda. Qobilova Hilola bu tashabbusi bilan mahallamiz yoshlarining bo‘sh vaqtini unumli o‘tishiga o‘z hissasini qo‘shmoqda. O‘ylaymizki, Qobilova Hilola kelajakda o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib, yurtimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shadi”.

Hilola Qobilovaning bu ezgu ishini olqishlagan holda unga kelgusida o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lib yetishishiga tilak bildirib, Vatanimiz musiqa san’atini yanada rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishiga ishonch bildiramiz.

Share